Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Koronavirusga chalingan Zelenskiy Germaniyadan yordam so‘radi

Koronavirusga chalingan Zelenskiy Germaniyadan yordam so‘radi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali Kiyevga koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina berish imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda Ukraina rahbarining saytida xabar berilgan.

Bu BioNTech va Pfizer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan vaksinadir. "Men koronavirusga qarshi vaksinalar yetkazib berishni rejalashtirayotganda Ukrainaning manfaatlarini ham inobatga olishingizni so‘rayman", – dedi Ukraina rahbari.

Suhbat davomida Merkel Zelenskiyga tezroq tuzalishini tilab qoldi. Ta’kidlanishicha, tomonlar pandemiya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni yanada muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy koronavirusga chalinganini ma’lum qilgandi. Davlat rahbari o‘z vazifalarini bundan keyin ham masofadan turib bajarishda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 09:21 11.11.2020. O'qildi: 2429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!