Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kasalxonadan chiqarildi, ammo u darhol ishga qaytolmadi. Bu haqda yakshanba kuni hukumat rahbari idorasi tarqatgan bayonotda aytiladi.
"Bosh vazir kasalxonadan chiqarildi va u o‘z uyida davolanishni davom ettirmoqda. Shifokorlar guruhining tavsiyasiga ko‘ra Bosh vazir darhol ishga qaytmaydi", deyiladi hujjatda.