Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Koronavirusdan o‘lim xavfini kamaytiruvchi "manba"

A A A
Koronavirusdan o‘lim xavfini kamaytiruvchi "manba"

Amerikalik olimlar koronavirusdan o‘lim darajasini sezirali darajada kamaytiruvchi omilni aytishdi. Boston Tibbiyot maktabi tadqiqotchilari o‘z ilmiy ishlarini  PLOS ONE jurnalida e’lon qilishdi.

Mutaxassislarning fikricha,  qonida yetarli darajada D vitamini bo‘lgan bemorlar orasida koronavirusdan o‘lim darajasi sezilarli daraja kam bo‘larkan. Tekshirishlar natijasiga ko‘ra,  qirq yoshdan oshgan, biroq, qonida yetarli darajada D  vitamini  bo‘lgan bemorlarda o‘lim ko‘rsatkichlari boshqalarga nisbatan 51,4  foyizga kamroq ekani aniqlangan. Olimlar D  vitamini sitokinlar hujumi asoratlarining oldini olishda ham yordam berishini aytishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, D vitamini sut va sut mahsulotlarida, baliq yog‘i, uvildirig‘i (ikrasi)  va jigarida, tuxum sarig‘ida, kartoshkada, petrushkada va boshqa ko‘plab mahsulotlarda uchraydi. Shuningdek, quyosh nurida yetarli darajada toblanish ham organizmda D vitaminini hosil qilishi aniqlangan.

Ilgariroq,  Rokfeller universiteti (AQSh) olimlari  COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim holatlari asosan immun tizimining buzilishi bilan bog‘liq ekanini aytishgandi. Tadqiqotchioar xulosasiga ko‘ra, COVID-19 ning og‘ir formasiga chalingan bemorlar tekshirib ko‘rilganda, ularning  3,5 foizida  viruslarga qarshi himoyada ishtirok etuvchi genlar mutasiyaga uchragani aniqlangan.

Kiritildi: 15:35 27.09.2020. O'qildi: 3026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!