Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Koronavirus yuqtirib olganlar soni 2 milliondan oshdi

A A A
Koronavirus yuqtirib olganlar soni 2 milliondan oshdi

Jahon bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni ikki milliondan oshdi. Jon Xopkins universiteti xabar bermoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashni to‘xtatishini ma’lum qildi, bu butun dunyo rahbarlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda. Chunki Qo‘shma Shtatlar JSSTning eng katta hissadorlaridan biri.

AQShda oxirgi 24 soat ichida koronavirusdan vafot etganlar soni yangi maksimumga yetdi - 2228 kishi. Hozirda umumiy vafot etganlar soni 28 300 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda qayd etilgan koronavirus holati 600 mingdan oshdi. Bu ikkinchi o‘rinda kelayotgan Ispaniyadan 3 barobar ko‘p degani.

Kiritildi: 23:00 15.04.2020. O'qildi: 2441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik