Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Koronavirus yil oxirigacha grippga o‘xshagan kasallikka aylanishi mumkin

Koronavirus yil oxirigacha grippga o‘xshagan kasallikka aylanishi mumkin

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkokning aytishicha, shu yilning oxiriga qadar chiqarilgan yangi dorilar va muolajalar koronavirusni «davolasa bo‘ladigan kasallik» ka aylantirishi mumkin, bu esa «erkinlikka chiqish»ga umid baxsh etmoqda.

Buyuk Britaniyaning The Telegraph gazetasiga bergan intervyusida Xenkok kelajakdagi koronavirus epidemiyasini grippning doimiy to‘lqinlari bilan taqqoslab, yangi dorilar COVID-19 ni davolash va nazorat qilishni osonlashtirishini aytdi.

“Yangi dorilar koronavirusni butun hayotimizga ta’sir qiladigan pandemiyadan gripp kabi oddiy kasallikka aylantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Biz kelayotgan oylar ichida koronavirusni ana shunday kasallikka aylanatira olishimiz kerak” deydi Xenkok.

Ammo britaniyalik olimlar Xenkokning fikriga qo‘shilmayapti va koronavirusning oddiy grippdan ancha xavfliroq kasallik ekanligini ta’kidlashmoqda.

«Koronavirus grippning bir turi emas va xuddi grippdek kasallikni keltirib chiqarmaydi, bu juda va juda yomon kasallik. Biz hozirda kuzatayotgan yangi mutasiyalar yanada yuquqmliroq bo‘lib bormoqda» deydi Buyuk Britaniyaning Brayton universitetining virusologi Sara Pitt.

Kiritildi: 19:49 16.02.2021. O'qildi: 2009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!