Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirus: xitoylik mutaxassislar muhim xulosani e’lon qilishdi

Koronavirus: xitoylik mutaxassislar muhim xulosani e’lon qilishdi

"American Journal of Roentgenology" jurnaliga ko‘ra, Xitoydan kelgan rentgenologlar koronavirusni tezroq davolash zarurligini isbotladilar. Uxu shahridagi Ikkinchi xalq kasalxonasi shifokorlari kompyuter tomografiyasidan foydalangan holda o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlardan so‘ng tegishli xulosaga kelishdi.

Mutaxassislar aniqladilarki, COVID-19 tashxisi va davolanishning boshlanishi o‘rtasidagi vaqt bemorlarning tiklanish vaqtiga bevosita ta’sir qiladi. Radiologlar koronavirusga chalingan 25 kishini tanlab olishdi va ularni ikki guruhga bo‘lishdi. Birinchi guruhga diagnostika va terapiyani boshlash o‘rtasidagi vaqt uch kundan kam bo‘lganlar kirdi. Ikkinchi guruhga qolgan kasallar kiritilgan.

Imkon qadar tezroq davolanishni boshlagan bemorlarda sinov natijalarini yaxshiroq bo‘ldi va ular taxminan olti kun ichida tuzalib ketdilar. Bemorlarning ikkinchi yarmi deyarli ikki hafta davomida kasalxonada qoldi.

Shundan kelib chiqqan holda, xitoylik shifokorlar tezroq boshlangan muolaja koronavirus infeksiyasi xavfini kamaytiradi degan xulosaga kelishdi.

Kiritildi: 17:38 03.04.2020. O'qildi: 5062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!