Xitoyda koronavirus haqida qisqacha animasion film chiqdi. Unda AQSh rasmiylarining xatti-harakatlari masxara qilingan. Xitoyning Sinxua axborot agentligi "Bir virus bo‘lgan ekan..." nomli klipni nashr etdi.
Multfilmda ikki lego figurasi gaplashadi — xitoylik terakota jangchisi va Ozodlik haykali. Yanvar oyida jangchi yangi virus haqida haykalni ogohlantiradi: "Yangi pnevmoniya kelyapti". "Tushunarli", deydi haykal.
Jangchi yangi virus xavfli ekanligini ta’kidlaydi. Ammo Ozodlik haykali bunga e’tibor bermaydi. U niqob taqilmasligi va uyda qolinmasligini, chunki bu "fuqarolarning huquqlarini buzish ekanligi"ni aytadi. Koronavirusga chalinganlarni davolash uchun qurish kerak bo‘lgan kasalxonalarni lager, o‘zini o‘zi izolyasiya qilishni esa madaniyatsizlik deb izohlaydi.
Keyinchalik esa Ozodlik haykali jangchini virus haqidagi ma’lumotni yashirganlikda ayblaydi.
"Biz doimo haqmiz, hatto bu o‘zimizga qarshi bo‘lsa ham", deydi AQShning ramzi.