Xitoy Amerika Qo‘shma Shtatlaridan voz kechmoqchi emas, dedi mamlakat Ichki ishlar vaziri Van I. U Oq Uyni kelishmovchiliklarga vaqt sarflamaslikka va umumiy dushman – koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi.
"Yangi koronavirus infeksiyasi epidemiyasi Xitoy va AQShning umumiy dushmani, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va yordam ikki mamlakat xalqlarining mushtarak istagi hisoblanadi", — deb ta’kidladi vazir.
Oldinroq AQSh transport departamenti Xitoy rahbariyatini Amerikadagi aviakompaniyalarning Xitoydagi faoliyatiga to‘siqlar yaratishda ayblagandi. Yuk tashuvchilar koronavirus pandemiyasining yangi turi (COVID-19) tufayli 2020 yil 12 martgacha Osiyo mamlakatlariga parvozlarni butunlay to‘xtatgandilar.
Shuningdek, NEWS.ru manbasi AQSh Savdo vazirligi sanksiyaga tushgan Xitoy kompaniyalari ro‘yxatini kengaytirgani haqida xabar bergan edi. Ushbu ro‘yxatga Xitoy, Gonkong va Kayman orollarida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar kiritilgan.