Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Koronavirus va qashshoqlik: Britaniyada kimlar ko‘proq o‘lmoqda?

A A A
Koronavirus va qashshoqlik: Britaniyada kimlar ko‘proq o‘lmoqda?

Britaniya milliy statistika byurosi juma kuni e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya va Uelsning qashshoq tumanlarida Covid-19dan o‘lim darajasi boy hududlardagidan ikki barobar ko‘proqligi ma’lum bo‘ldi. 1 martdan 17 aprelga qadar nisbatan kambag‘al grafliklarda har yuz ming kishiga pandemiya tufayli 50.1 o‘lim qayd etilgan, o‘ziga to‘q hududlarda esa - har yuz ming kishiga 25.3 o‘lim to‘g‘ri kelgan.

Britaniya fiskal tadqiqotlar instituti ham koronavirus vaqtida tengsizlik masalasiga bag‘ishlangan tadqiqotlari natijalarini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, qora tanli britaniyaliklar orasida koronavirusdan o‘lim topish darajasi oq tanli britaniyaliklarnikidan uch barobar ortiqroq bo‘lmoqda.

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kun ichida koronavirusdan 739 kishi vafot etganini xabar qilmoqda.

Vafot etganlarning umumiy soni 27 510 kishini tashkil etadi. Hammasi bo‘lib, mamlakatda ushbu kasallikning 177454 holati aniqlandi. O‘tgan kun davomida 122 mingdan ortiq test o‘tkazildi va 6201 ta yangi COVID-19 kasalligi qayd etildi.

Kiritildi: 05:00 03.05.2020. O'qildi: 3290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik