Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirus tufayli xorijga chiqish taqiqlandi

Koronavirus tufayli xorijga chiqish taqiqlandi

25 fevral kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov COVID-19 koronavirusini mamlakatga kirishining oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazdi. «Xroniki Turkmenistana» xabarigako‘ra, unda davlat rahbari xorijga chiqayotgan fuqarolarni nazorat qilish haqida topshiriq bergan. 

Yig‘ilishdan keyin Ashgabat aeroportida mahalliy fuqarolarni xalqaro reyslardan tushirib qoldirish boshlangan. Natijada, chiptalarni qaytarish istagida bo‘lgan yuzlab odamlardan iborat navbatlar yuzaga kelgan.

Ayni paytda «Turkmenhowayollary» aviakompaniyasi Istanbul va Anqaraga reyslarni bekor qilgan. Biroq «Turk Hava Yolları» Istanbul – Ashgabat yo‘nalishidagi parvozlarni davom ettirmoqda va faqat xorij fuqarolariga xizmat ko‘rsatmoqda.

Ashgabat xalqaro aeroportida xorijdan kelgan yo‘lovchilarni shifokorlar kutib olmoqda va maxsus uskunalar yordamida haroratini o‘lchamoqda. Bundan tashqari, dezinfektorlar, FVV va tez yordam mashinalari navbatchiligi tashkil qilingan. 

Avvalroq Turkmaniston koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qo‘shni Eron bilan chegarani yopgan edi. 

Qayd qilish joizki, Turkmaniston hukumati xabariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan xastalangan bemorlar yo‘q.

Kiritildi: 17:35 26.02.2020. O'qildi: 4790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!