Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Koronavirus! Toshkentda 61 yoshli bemor vafot etdi

A A A
Koronavirus! Toshkentda 61 yoshli bemor vafot etdi

1959 yilda tug‘ilgan poytaxtlik   G. shu yilning 15 aprel kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga  bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) bilan yotqizilgan. O‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda  “Covid-19” koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. Shundan so‘ng,  unga ixtisoslashgan tibbiy yordam berish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko‘p tarmoqli klinikasiga  og‘ir holatda o‘tkazilgan. 
Bemorda bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kabi qator xastaliklar bo‘lganligi sababli davolanish og‘ir kechib, 14 kun sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan. Bundan avval , ya’ni 2-fevralida u ilk  bor  bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi ( insult)  tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga  yotqizilgan va davolanib chiqqan.
 61 yoshli ushbu bemor  davolanish davomida   kunlik ahvoli video muloqotlar orqali xorijlik va  mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari  nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam  konsiliumlar o‘tkazib kelingan.
Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan  vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 23:26 29.04.2020. O'qildi: 4511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik