Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus pandemiyasi o‘zi bilan yana bir xastalikni olib kelmoqda!

Koronavirus pandemiyasi o‘zi bilan yana bir xastalikni olib kelmoqda!

Parhezshunoslar koronavirus pandemiyasi ommaviy semirib ketishga olib kelishi mumkin, deb hisoblashmoqda. Bunga kam harakatli turmush tarzi hamda hamisha ham foydali bo‘lmaydigan oziq-ovqat iste’moli sabab bo‘ladi, deb yozadi Daily Mail.

Britaniyalik parhezshunos Jennifer Obertning ta’kidlashicha, hozir karantindagi odamlar odatdagi turmush tarziga qaraganda 400 kaloriya kamroq sarflashmoqda. Shu bilan birga, ko‘pchilik stressga tushib qolayotgani bois tinmay ovqatlanadigan bo‘lib qolgan.

"Bu [semirib ketish] karantinda sport bilan shug‘ullanishga harakat qilsak ham barchamizga ro‘baro‘ keladi", dedi fransuz murabbiy va parhezshunos Julian Mersye.

Qayd etilishicha, ortiqcha vazn bolalarga ham tahdid soladi.

Ammo shunga qaramasdan, mutaxassislarning ta’kidlashicha, qo‘shimcha kilogrammdan qutulish mumkin. Buni amalga oshirish uchun kundalik rejimga rioya qilish, muvozanatli va vaqtida ovqatlanish, sifatli, shuningdek, foydali taomlar iste’molini oshirish hamda imkon qadar uyda sport bilan muntazam shug‘ullanish lozim.

Kiritildi: 09:48 05.04.2020. O'qildi: 7009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!