Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Koronavirus mojarosi": Xitoy Rossiyani qo‘llab-quvvatlamoqda

"Koronavirus mojarosi": Xitoy Rossiyani qo‘llab-quvvatlamoqda

Buyuk Britaniyaning "Financial Times" nashri Rossiyani koronavirusdan vafot etganlarning sonini kamaytirib ko‘rsatayotganlikda aybladi. Shundan so‘ng Xitoy Rossiyani qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Bir muncha vaqt oldin, "Financial Times" o‘z tahlillari asosida, Rossiyada koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarning o‘limi rasmiy statistikaga qaraganda 70% ko‘proq bo‘lishi mumkinligini xabar qildi.

Shundan so‘ng, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Rossiyada COVID-19 o‘lim darajasi ongli ravishda hisobga olinmaganini, Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Tatyana Golikova esa Rossiya hech qachon rasmiy statistikani boshqarmaganini, Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Andrey Kelin "Financial Times"ning taxminlari shunchaki uydirma ekanligini va Britaniya matbuotida Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash haqida yozilayotgan ma’lumotlar "o‘ta salbiy ruhda" ekanligini ta’kidlashdi.

Bugun, Xitoy hukumati bu borada Rossiyani qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.
 

Kiritildi: 15:42 15.05.2020. O'qildi: 3705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!