Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Koronavirus: Maktablar shifoxonalarga aylantirilmoqda

Koronavirus: Maktablar shifoxonalarga aylantirilmoqda

Misr hukumati koronavirus infeksiyasi ko‘paygan taqdirda davlat maktablarni shifoxonalar va koronavirusli bemorlar uchun izolyasiya bo‘limlariga aylantirishga umid qilmoqda, deb xabar berdi Misr Axborot vaziri Usoma Haykal.

"Hukumat koronavirusga qarshi kurashning hozirgi ikkinchi bosqichiga o‘tish ustida ishlamoqda, bu kasallik tarqalishini to‘xtatish, yuqtirganlar sonini asta-sekin kamaytirish va infeksiyaning cheklangan darajasini saqlab qolish", dedi vazir.

Usoma Haykal: "Yaqin kunlarda butun dunyo bo‘ylab kasallik ko‘payadi", deb ogohlantirgan va misrliklarni "hukumat choralari va tartib-qoidalariga rioya qilishlari va o‘z uylarida qolishlari"ga undagan.

"Umid qilamanki, ushbu chora-tadbirlar virusni tibbiy yo‘l bilan yo‘qotishga yordam beradi", dedi vazir hukumatning virus tarqalishini oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlariga urg‘u berib.

Hukumat qarorlari, vazir ta’kidlaganidek, "istisnosiz barcha fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladi".

U barcha misrliklarni "hukumatning profilaktika choralariga rioya qilgani" uchun maqtadi.

Seshanba kuni Misr Bosh vaziri Mustafo Madbuli ikki hafta davomida barcha jamoat yo‘llarida fuqarolarning harakatlanishini taqiqlovchi komendantlik soati e’lon qildi.

Kiritildi: 17:43 26.03.2020. O'qildi: 4112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!