Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirus: Koreyada odamlarning avtobuslarga chiqishi taqiqlandi

Koronavirus: Koreyada odamlarning avtobuslarga chiqishi taqiqlandi

Janubiy Koreya payshanba kuni chet eldan omikron shtammi kirib kelishining oldini olish maqsadida jamoat transportidan foydalanish taqiqlanganini e’lon qildi. Xorijdan virusni yuqtirganlar soni mamlakatda rekord darajaga yetdi, deya xabar bermoqda YONHAP agentligi.

Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi o‘z avtomobillari yoki rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tgan taksi, avtobus yoki poyezddan foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, Janubiy Koreyaga kelgan odamlar oxirgi 48 soat ichida berilgan PZR test natijalarini ko‘rsatishi kerak.

20 yanvardan boshlab joriy etiladigan kuchaytirilgan chora-tadbirlar oxirgi kunlarda chet eldan virus yuqtirganlar sonining ortib, payshanba kuni rekord darajadagi 391 nafarga yetganligi bilan bog‘liq.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, chet eldan kelgan infeksiyaning 80% omikron shtammidir.

Payshanba kuni Janubiy Koreyada 4167 ta COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan, shundan 3776 tasi mahalliy. Kasallanganlarning jami soni 679 030 nafarga yetgan.

Kiritildi: 21:05 13.01.2022. O'qildi: 2199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!