Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirus! Janubiy Koreya O‘zbekistonga yordam jo‘natdi

Koronavirus! Janubiy Koreya O‘zbekistonga yordam jo‘natdi

O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida umumiy og‘irligi 34 tonna bo‘lgan insonparvarlik yuki shakllantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 13 aprel kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida erishilgan kelishuv doirasida tashkil etilgan mazkur ko‘makning og‘irligi 6,2 tonna bo‘lgan birinchi qismi mamlakatimizga 26 aprel kuni olib kelingan edi.

10 may kuni umumiy qiymati 192 ming dollarga yaqin tibbiy vositalar shaklidagi navbatdagi insonparvarlik yuki ortilgan “Uzbekistan Airways” kompaniyasining maxsus samolyoti Seuldan Toshkentga uchib ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qimmatli yuk tarkibiga avtomatik boshqariladigan ko‘p funksiyali tibbiy karavot, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, tibbiy niqoblar, inson immun tizimini mustahkamlashga xizmat qiladigan ozuqaviy qo‘shimchalar kiritilgan.

Insonparvarlik yordami Janubiy Koreyaning “BOMI Engineering”, “LH Corporation”, “Evergreen Motors”, “Infinity Co., Ltd.” kompaniyalari, Shinxan universiteti hamda ushbu mamlakatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar va o‘zbekistonlik talabalar tomonidan taqdim etildi.

Kiritildi: 19:56 10.05.2020. O'qildi: 3687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!