Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Koronavirus: Iroqda kasallikka chalinganlar soni oshmoqda​​​​​​​

Koronavirus: Iroqda kasallikka chalinganlar soni oshmoqda​​​​​​​

Iroq Sog‘liqni saqlash va atrof-muhit vazirligining 28 maydagi ma’lumotiga qaraganda, bir kunda 322 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bemorlarning 224 nafari poytaxt Bag‘dodga to‘g‘ri kelgan. 

Mamlakat bosh vaziri Mustafo Kozimiy ikki kun avval xavfsizlik kuchlariga komendantlik soati rejimiga rioya etilishini qat’iy nazoratga olish, tibbiyot xodimlari va jurnalistlardan boshqa hech kimning tashqariga chiqishiga ruxsat bermaslikka chaqirdi. 

Ichki ishlar vazirligi vakili Josim al-Lami “Anadolu” agentligiga bergan intervyusida Bag‘dodda koronavirus yanada keng yoyilishining oldini olish uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilganini ma’lum qildi. Poytaxtdagi bir qator hududlar beton to‘siqlar bilan o‘rab qo‘yildi.  

Poytaxt kasalxonalarida koronavirusga chalinganlarni davolash uchun yetarli darajada imkoniyatning yo‘qligi jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Iroqda hayitning birinchi kunida boshlangan komendantlik soati rejimi 30 maygacha davom etadi. 

So‘nggi 24 soat davomida 67 ta kasallik qayd etilgan bo‘lib, 4 kishi vafot etgan.

Mamlakatda virus yuqtirganlarning umumiy soni 5457 nafar bo‘lib, 2971 nafar bemor sog‘aygan. 179 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Kiritildi: 08:48 29.05.2020. O'qildi: 1782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!