Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Koronavirus haqida eng keng tarqalgan "afsonalar"

Koronavirus haqida eng keng tarqalgan  "afsonalar"

MedicalNewsToday nashri koronavirus haqida eng keng tarqalgan 24 ta mif, ya’ni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar haqida xabar tarqatdi. Bu haqda "hujayrauz" telegram kanalida ma’lum qilindi.

1. Teriga sepilgan spirt yoki xlor eritmalari virusni o‘ldiradi.
Mutaxassislar teriga aynan xlor va spirtni sepishni tavsiya etishmayapti. Ular og‘iz yoki ko‘zga kirib ketsa aksincha ziyon keltirishi aytishmoqda. Ba’zilar spirt virusni o‘ldiradi deb spirt ichmoqda, bu esa mutlaqo xato tushuncha.

2. Faqat qariyalar va o‘rta yoshlilar xavf ostida

Bu ham yanglish fikr, SARS-CoV-2 ham boshqa viruslardek yoshidan qat’iy nazar barchani birdek zararlaydi. Faqat qariyalar, azaldan salomatligi bilan muammolari bo‘lganlar, jumladan diabet, astma kabi kasalliklar bilan og‘rib yurganlar kuchliroq kasallanmoqda.

3. Bolalarga COVID-19 bilan og‘rimaydi.

Yuqorida aytilganidek barcha birdek virus yuqtirishi mumkin. Lekin asosan kattalarda virus asoratlari og‘ir kechmoqda, bolalarda bu virusga qarshi hech qanday immunitet yo‘q. Tadqiqotlar aslida bolalarning virus yuqtirish ehtimoli yuqori ekanligini aytishar ekan, ularda kattalardan farqli ravishda kasallik belgilari og‘ir kechmaydi. Kecha AQSh da koronavirus yuqqan ilk kichkina bolacha vafot etgani xabar qilindi. 

4. COVID-19 xuddi grippga o‘xshaydi.

Ha, hozirgi koronavirusning ko‘pgina simptomlari grippnikiga o‘xshaydi. Ikkisida ham isitma, bosh og‘riq, yo‘tal kabi belgilar bor, lekin grippda o‘lim foizi 0,01% xolos. COVID-19 da esa ayni vaqtda o‘lim foizi 4% dan oshgan.

5. COVID-19 yuqqan barcha vafot etadi.

Bu ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabar. So‘nggi hisobotida Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish bo‘yicha Xitoy markazi, COVID-19 holatlarining 80,9 foizi  yengil holatda kechadi degan xulosani aytdi. Shuningdek, JSST ham odamlarning 80 foizga yaqini kasallikning nisbatan yengil shakliga duchor bo‘lishini, bu esa kasalxonada maxsus davolanishni talab qilmasligini aytib o‘tgan.

6. It va mushuklar koronavirusni tarqatadi.

Hozirda bu borada ma’lumotlar nihoyatda kam. Lekin Gonkongda koronavirus yuqtirgan bir kishining itiga virus yuqqani aniqlangan. Biroq itda hech qanday simptom kuzatilmagan. Buyuk Britaniyaning Nottinhem universitetining molekulyar virusologiya bo‘yicha  professori Jonatan Boll bu haqida "Biz avvalo real infeksiya va shunchaki virus uchrash holatini farqlab olishimiz kerak. Men hamon bu holat odamlar orasidagi kasallikning keng tarqalib ketishidagi o‘rni haqida o‘ylayapman, lekin shuni aytishim kerakki tarqalish asosan odamdan odamga yo‘li bilan kechmoqda. O‘ylamaymanki, itlardan odamlarga virus tarqalib katta masshtabga yetadi, aksincha kasallikning tarqalishida asosiy tashuvchi bu odamlardir" deydi.

Kiritildi: 23:09 29.03.2020. O'qildi: 2780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!