Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 16 972 nafarga ko‘payib, yana rekord natijaga etdi.
Epidemiya boshlangandan buyon Fransiyada umumiy kasallanganlar soni 606 625 kishiga yetdi. Jami 32 198 nafar bemor COVID-19 tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
Avvalgi antirekord 24 sentyabr kuni qayd etilgan — 16 mingdan ziyod. O‘tgan hafta shifoxonalarga jami 4087 kishi tushgan, ulardan 849 nafari reanimasiyada.
Eslatib o‘tamiz, yangi tipdagi koronavirus infeksiyasi chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasi tarqalishi ilk bor 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan. 11 mart kuni JSST pandemiyani e’lon qildi.