Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Koronavirus: AQShda o‘lim kamaymoqda

A A A
Koronavirus: AQShda o‘lim kamaymoqda

So‘nggi bir kun ichida AQShda koronavirus bilan bog‘liq 785 ta o‘lim qayd etildi — bu ikki oy ichidagi eng past ko‘rsatkich.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, kunlik o‘lim soni bir necha kun ketma-ket kamaymoqda, bir kun oldin 808 ta o‘lim qayd etilgan.

Shu bilan birga, virusga chalinganlar sonining yuqori ko‘rsatkichi saqlanib qolmoqda, virus turli shtatlarga tarqalmoqda. Bir kunda 21,5 mingdan ortiq holatlar aniqlandi (bir kun oldin, taxminan 19 ming), mamlakatda ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 1,5 milliondan oshdi.

AQShda epidemiya qurbonlarining umumiy soni 90 ming kishidan oshdi, mamlakat ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda.

Kiritildi: 19:03 19.05.2020. O'qildi: 3022 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik