Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Koronavirus AQShda qachon tugaydi? Rossiyada-chi?

A A A
Koronavirus AQShda qachon tugaydi? Rossiyada-chi?

Singapurlik analitiklar ayrim davlatlarda koronavirus pandemiyasi qachon tugashini taxmin qilishdi. Bu haqda Singapur texnologiya va dizayn universiteti (SUTD) ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bergan.

Ekspertlarning fikricha, Rossiyada 20 iyulda koronavirus tarqalishi nihoyasiga yetadi va yangi holatlar qayd etilmaydi. Analitiklar aytib o‘tgan sana Rossiyada COVID-19 bilan kasallanishlar bo‘yicha mavjud statistika tahlillariga asoslanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 20 mayda umumiy kasallanganlarning 97 foizi aniqlanadi, 28 mayda esa bu ko‘rsatkich 99 foizga yetadi.

Shuningdek, analitiklarning xabariga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat AQShda 27 avgustda, Buyuk Britaniyada 14 avgustda, Germaniyada 1 avgustda, Fransiyada 5 avgustda nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 17:01 27.04.2020. O'qildi: 7398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik