Koronavirus pandemiyasi Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘rnatilgan xalqaro tartibni va AQShning xalqaro maydondagi rahbarligini bekor qildi. Ushbu fikr Fransiyaning "Le Monde" nashrida chop etilgan maqolada ilgari surilgan.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning ahamiyati oshishi avvalgi tizimni izdan chiqarishda muhim rol o‘ynadi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining pandemiya borasidagi pozisiyasi bu tashkilotning Pekinga qaramligidan dalolatdir, deydi maqola mualliflari.
Jurnalistlar Qo‘shma Shtatlar, XX asrda bo‘lgani kabi, hozirda dunyo yetakchisi rolini o‘ynamasligiga amin. Bundan tashqari, maqolada aytilganidek, COVID-19 Yevropaning birligiga jiddiy zarba berdi. Xususan, Yevropa Ittifoqi epidemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlay olmadi. Demakki, Yangi dunyo tartibini o‘rnatishga yanada ta’sir ko‘rsatish uchun Yevropa Ittifoqi o‘z tuzilmasini qayta ko‘rib chiqishi kerak, deya ta’kidlaydi "Le Monde" jurnalistlari.