Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kormye UFC chempioni Nurmagomedovni ajoyib jangchi deb atadi

Kormye UFC chempioni Nurmagomedovni ajoyib jangchi deb atadi

Amerikalik UFC jangchisi Deniel Rayan Kormyening so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik sportchi Xabib Nurmagomedov ajoyib jangchi. Sportchining so‘zlarini “Yahoo Sports” portaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Nurmagomedov yengil vazn toifasida UFC chempioni. U kamarni 2018 yil aprelida amerikalik Al Yakvinta bilan duelda qo‘lga kiritdi va o‘sha paytdan beri bitta himoyani muvaffaqiyatli ushlab turibdi (o‘sha yilning oktyabrida irlandiyalik Konor MakGregorni mag‘lub etgan).

"Xabib eng mehnatsevar yigit. U juda yosh bo‘lgan, inglizchani bilmagan, mening ishimni tomosha qilgan, Kane Velaskes, Josh Tompson, Jon Fitchning chiqishlari kuzatgan. Uning kurash mahorati ko‘pchilik o‘ylagandan ko‘ra yaxshiroq, u mohir kurashchidir. Uning insoniy fazilatlari uni shu qadar o‘ziga xos bo‘lishga tayyorladiki, odamlar unga yaqinlashdi, u tasavvur qilib bo‘lmas darajada yorqin yulduzga aylandi", — dedi Kormyer.

 

 

Kiritildi: 20:26 11.08.2019. O'qildi: 1547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!