Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Kongo va Ugandada Ebola virusidan o‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi

Kongo va Ugandada Ebola virusidan o‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi

Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) va Ugandada Ebola virusidan o‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi.

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti veb-saytida xabar berilgan.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, KDRda 999 kishi kasallikdan vafot etgan, Ugandada yana ikkita o‘lim qayd etilgan. Kasallikning laboratoriya tomonidan tasdiqlangan holatlari KDRda 2473 taga, Ugandada esa 20 taga yetdi.

Bundan tashqari, KDRda Ebola virusiga shubha qilingan 322 ta holat qayd etilgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ikki mamlakatda jami 501 kishi sog‘ayib ketgan. Kasallikdan o‘lim darajasi taxminan 40% ni tashkil qiladi.

Kiritildi: 08:11 23.07.2026. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!