"Adolatli sud tizimisiz hech qanday rivojlanish bo‘lmaydi. Va bugungi sud tizimi katta islohotlarga muhtoj.
Ayni daqiqalarda Sardor Umrzoqov kuni kecha Senat tomonidan tasdiqlangan Oliy sudning yangi raisi Baxtiyor Islomovni jamoaga tanishtirmoqda. Yig‘ilish juda keskin va tanqidiy o‘tyapti. Chunki bugun jamoatchilikning aksariyati sud tizimidan mutlaqo norozi" — deya Komil Allamjanov o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.