Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kolumbiyaga O‘zbekistondan boshqa terma jamoa gol ura olmayapti

Kolumbiyaga O‘zbekistondan boshqa terma jamoa gol ura olmayapti

Kolumbiya terma jamoasi JCH-2026 musobaqasining 1/16 final uchrashuvida Gana terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi (1:0). Endi jamoa 1/8 finalda Shveysariya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Jahon chempionatlarining pley-off bosqichidagi ushbu muvaffaqiyat kolumbiyaliklar uchun o‘z tarixlarida bor-yo‘g‘i ikkinchisi bo‘ldi. Bundan oldin ular 2014 yilgi mundialning 1/8 finalida Urugvay to‘sig‘idan o‘tishgan (2:0) va keyingi raundda Braziliyaga imkoniyatni boy berishgan edi (1:2).

Bundan tashqari, Nestor Lorenso qo‘l ostidagi jamoa joriy turnirda ketma-ket uchinchi o‘yinda ham o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bu Kolumbiya terma jamoasining Jahon chempionatlaridagi ishtiroki tarixida ilk bor kuzatilmoqda.

Ortda qolgan 4 ta uchrashuvdan so‘ng Kolumbiya o‘z darvozasidan bor-yo‘g‘i 1 ta to‘p olib chiqdi (ushbu gol O‘zbekiston terma jamoasi tomonidan kiritilgan). Musobaqada bundan kamroq gol o‘tkazgan faqatgina Ispaniya va Meksika terma jamoalaridir ( ularda 0 ta gol).

Eslatib o‘tamiz, ushbu Jahon chempionati Kolumbiya terma jamoasi uchun o‘z tarixidagi yettinchisi hisoblanadi.

Kiritildi: 19:59 04.07.2026. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!