Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Kolumbiyada 19 nafar kursantni yashin urdi

Kolumbiyada 19 nafar kursantni yashin urdi

Kolumbiyada general Xose Mariya Kordoba nomidagi harbiy akademiyaning kamida 19 nafar kursantini yashin urdi. Bu haqda Caracol radiostansiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 19 may kuni mamlakatning markaziy qismidagi Mesa-Baha hududida dala mashg‘ulotlari chog‘ida sodir bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda yomg‘ir bo‘lmagan. Jabrlanganlar — 16 nafar erkak va uch nafar ayol shifokorlar nazoratida. Shu bilan birga, ularning ahvoli haqida aniq ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Mamlakat qurolli kuchlari rahbariyati kursantlar va ularning oila a’zolariga barcha zarur yordamni ko‘rsatishga va’da berdi.

Kiritildi: 13:45 22.05.2022. O'qildi: 1533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!