Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Kolumbiya Quddusda elchixonasini ochdi

Kolumbiya Quddusda elchixonasini ochdi

Kolumbiya Isroil poytaxti Quddus shahrida rasman o‘z elchixonasini ochdi. Shu tariqa, Kolumbiya elchixonasini Tel-Avivda emas, Quddusda joylashtirgan o‘ninchi davlatga aylandi.

Ochilish marosimida Kolumbiya tashqi ishlar vaziri Omar Bula Eskobar va Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar ishtirok etdi. Marosimdan so‘ng ikki mamlakat vakillari davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Isroil va Kolumbiya o‘rtasidagi munosabatlar avvalgi prezident Gustavo Petro davrida keskin yomonlashgan edi. U falastinlik arablar bilan birdamlik bildirib, Isroilni qattiq tanqid qilgan. Prezident almashganidan keyin esa ikki davlat munosabatlari qayta tiklangan.

Abelardo de la Espriela saylovlar oldidan g‘alaba qozongan taqdirda Kolumbiya elchixonasini Quddusga ko‘chirishga va’da bergan edi. U mazkur va’dasini amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:37 14.10.2026. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!