Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi, natijada bir necha kishi halok bo‘lgan.
Report Al-Arabiyaga tayanib xabar berishicha, hodisa “Tolibon” hukumatiga qarashli Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Portlash Shahr-e-Nav tumanida ro‘y bergan. Halok bo‘lganlar va yaralanganlarning aniq soni hozircha ma’lum qilinmadi.
IIV matbuot kotibi Abdul Matin Qoniyning aytishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha kishi halok bo‘lgan va tan jarohati olgan. Tafsilotlar keyinroq e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, Shahr-e-Nav tumanida ko‘plab xorijiy fuqarolar yashaydi va u Kobulning nisbatan xavfsiz hududlaridan biri hisoblanadi.