Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Klopp va Anchelotti: g‘alabaga qaysi biri munosib?

Klopp va Anchelotti: g‘alabaga qaysi biri munosib?

Shanba kuni futbol ishqibozlari uchun ajoyib bayram bo‘ladi.

Yurgen Klopning «Liverpul» jamoasi bilan Karlo Anchelottining «Real» jamoasi «Stad De Frans» stadionida Chempionlar ligasining finalini o‘tkazishadi.

Avval boshda UYEFA finalini Sankt-Peterburgda «Gazprom Arena» stadionida o‘tkazishni mo‘ljallagan edi. Uchrashuvni yuqori darajada tashkil etish uchun shahar hokimiyati va federal hukumat 500 million rubldan ortiq mablag‘ ajratdi. Biroq Ukrainada harbiy amaliyot boshlangani sababli UYEFA xavfsizlik yuzasidan finalni Parij shahriga ko‘chirdi. Bungacha Rossiyada faqat bir marta 2008 yilda Chempionlar ligasi bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda «Lujniki» stadionida «Chelsi» bilan «Manchester Yunayted» kuch sinashgan. Uchrashuvda Aleks Fergyuson jamoasi penaltilar seriyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lib, chempionlikni ilib ketgan edi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Madridning «Real» klubi «Liverpul» jamoasidan qariyb uch marotaba ko‘p chempion bo‘lgan. Qirollik klubi bosh sovrinni 13 marta qo‘lga kiritgan bo‘lsa, «Liverpul» olti marta chempion tojini boshda ko‘tara olgan.

Ikki jamoaning murabbiylari ham mashhur. Ular Yevropa turnirlarida ham, turli xalqaro musobaqalarda ham yetarlicha yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Lekin Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish ikkalasiga ham faqat bir martadan nasib qilgan. Bugungi musobaqa ularga mazkur jamoasi bilan ikkinchi bor chempion bo‘lish imkonini bermoqda. Klopp «Liverpul» bilan Chempionlar ligasida 2018/19 yilda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Anchelotti «Real» bilan 2013/14 yilgi mavsumda chempionlikka erishgan.

Darvoqe, Anchelotti «Milan» jamoasiga murabbiylik qilganda ham ikki marta chempionlik nashidasini surgan edi.

Ma’lumot uchun: yarim finalda «Real» «Manchester Siti» jamoasi ustidan g‘alaba qilgan bo‘lsa, «Liverpul» «Vilyarreal» jamoasini dog‘da qoldirgan edi.

Kiritildi: 12:50 28.05.2022. O'qildi: 5160 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!