Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Klopp «Real»ni qayta qurish uchun Vinisius Juniordan voz kechmoqchi

Klopp «Real»ni qayta qurish uchun Vinisius Juniordan voz kechmoqchi

«Liverpul» klubi sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Real» boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin. Bu haqda «TEAMtalk» nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, germaniyalik mutaxassis Madrid klubi rahbariyatidan Vinisius Junior transferi bo‘yicha «Manchester Yunayted»ning taklifini qabul qilishni so‘ragan. «Qizil iblislar» braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni xohlamoqdalar va shu yozda u uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor.

Agar Klopp «Real» bosh murabbiyi etib tayinlansa, u Vinisiusning sotilishidan tushgan mablag‘ni jamoani qayta qurish uchun sarflamoqchi.

Kiritildi: Bugun 13:39. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!