Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Klopp kursisini kimga topshiradi?

Klopp kursisini kimga topshiradi?

Bir necha yildan beri “Liverpul”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Yurgen Klopp mavsum oxirida bosh murabbiylikni topshirishini oldindan ma’lum qilgan edi.

Klub rahbariyati uning o‘rniga munosib nomzod qidiryapti. Ma’lumotlarga qaraganda, liverpulliklar uch nafar murabbiydan iborat ro‘yxat tuzdi va ular bilan muzokara o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

The Independent nashrining yozishicha, Kloppning o‘rniga asosiy da’vogar sifatida “Bayer”ni yengilmas jamoaga aylantrgan Xavi Alonso va “Sporting”ni Portugaliya chempioni qilgan Ruben Amorim nomi qayd etilgan.

“Liverpul” birinchi navbatda ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoni olib kelishga urinib ko‘radi. Agar buning imkoni topilmasa, Ruben Amorimga murojaat qilinadi.

Angliya Premyer-ligasida ishlash tajribasiga ega Roberto De Zerbi uchinchi nomzod hisoblanadi. Italiyalik murabbiy ayni paytda “Brayton”da muvaffaqiyatli ish yuritmoqda.

Kiritildi: 13:54 27.02.2024. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!