The New York Times gazetasi xabariga ko‘ra, AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton va uning rafiqasi, sobiq davlat kotibi Xillari Klinton Kongress Vakillar palatasida moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga rozi bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, Klintonlar avvalroq Epshteyn ishi bo‘yicha o‘zlarida mavjud bo‘lgan barcha cheklangan ma’lumotlarni taqdim etganliklarini va ularga nisbatan Kongressda ko‘rsatma berish talabi siyosiy sabablarga ega ekanligini bildirgandi.
"Bill Klinton Epshteyn bilan tanish bo‘lganini inkor etmaydi, biroq uning jinoyatlari haqida hech narsa bilmagani, uning shaxsiy orolida hech qachon bo‘lmagani va taxminan 20 yil oldin moliyachi bilan aloqani uzganini ta’kidlagan", deb yozmoqda nashr.
Amerikalik moliyachi Jeffri Epshteyn 2019 yil iyul oyida voyaga yetmaganlarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlashda ayblanib hibsga olingan va o‘sha yilning avgust oyida kamerada osilgan holda topilgan. Bu rasmiy hujjatlarda o‘z joniga qasd qilish sifatida e’lon qilingan.
Epshteyn ishi bo‘yicha avval e’lon qilingan hujjatlar uning bir qator mashhur shaxslar bilan aloqalarini oshkor qilgan edi.