Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Klichko YECHL finali bo‘yicha taxmin bildirdi

A A A
Klichko YECHL finali bo‘yicha taxmin bildirdi

Kiyev meri Vitaliy Klichko «Liverpul» va «Real Madrid» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi final o‘yinida durang bo‘lishini taxmin qildi. Sobiq bokschining so‘zlari UYEFA rasmiy saytida keltirilgan.

«Durang bo‘ladi - 3:3. Gollardan bahramand bo‘lish imkoniyati aniq bo‘ladi», - degan ukrainalik siyosatchi.

Avvalroq, Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko «Real»ning 2000dan oshiq muxlisi YECHL finali uchun chiptalarni qaytarib bergani haqidagi ma’lumotni yolg‘on, deb atagandi.  

Uchrashuv Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. Hal qiluvchi bellashuvda Madridning «Real» va Angliyaning «Liverpul» klublari to‘qnashadi. Reglamentga ko‘ra, uchrashuv durang natija bilan tugashi mumkin emas. Agarda asosiy vaqtning 90 daqiqasi davomida g‘olib nomi aniqlanmasa, jamoalar 15 daqiqadan yana ikki bo‘lim to‘p suradi. Agar 120 daqiqadan keyin ham jamoalar o‘rtasida tenglik kuzatilsa, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandai. YECHLning amaldagi g‘olibi - Madridning «Real»i.

manba: kun.uz

Kiritildi: 08:14 26.05.2018. O'qildi: 1809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik