Bomba sinagogani portlatishga mo‘ljallangan 3,5 kilo og‘irlikda bo‘lgan.
Rossiya FXX teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlangan 22 yoshli erkak qo‘lga olingani aks etgan videoni e’lon qildi.
U hujum joyiga ketayotganida to‘xtatilgan, yonidan shikastlovchi elementlar bilan to‘ldirilgan qo‘lbola bomba topilgan.
Qurilma sapyor-robot yordamida zararsizlantirilgan. FXX ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi so‘roq paytida aybiga iqror bo‘lib, portlashdan keyin Suriyaga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirganini aytgan.