Shimoliy Kipr Turk Respublikasi sohillari yaqinida 259 nafar yo‘lovchi bo‘lgan parom dengizda ag‘darildi. Bu haqda Kıbrıs Postası gazetasi xabar berdi.
«Filo Denizcilik kompaniyasiga tegishli yo‘lovchi kemasi ag‘darildi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, uning bortida 259 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan», — deyiladi nashr xabarida.
Hodisa ro‘y bergan hududda sohil qo‘riqlash xizmati qidiruv-qutqaruv guruhlari ish olib bormoqda.
Hozircha jabrlanganlar yoki qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.