Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

A A A
Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

2023 yil 2 aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

✅ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi.

❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Kiritildi: 17:31 28.03.2023. O'qildi: 1948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!