Koreya Markaziy axborot agentligining xabar berishicha, Kim Chen In yuqori lavozimli harbiylar va boshqa rahbar kadrlarga “yangi avlod” snayper miltiqlarini topshirgan.
Ushbu qurol KXDR Milliy mudofaa akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu “eng zamonaviy va ajoyib qurol” hisoblanadi.
Qurol topshirish marosimidan so‘ng Kim Chen In yangi miltiqlarni o‘q otish maydonida shaxsan o‘zi sinovdan o‘tkazgan.