KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatning Xitoy bilan chegara yaqinidagi Sindo uyezdida nazorat o‘tkazdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi
xabar berdi.
Shimoliy Koreya rahbari 1524 raqamli harbiy qism, qamish fermasi va boshqa iqtisodiy ob’ektlarni nazoratdan o‘tkazgan.
Suratlarga qaraganda Kim Chen In tekshiruv vaqtida harakatlanish uchun “Lada Priora” avtomobilidan foydalangan. Suratlardan birida uning to‘q yashil rangli mashinaning orqa o‘rindig‘ida ketayotganini ko‘rish mumkin.
Manba: qalampir.com