Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kim Chen In Shimoliy Koreyaning harbiy-sanoat majmualarini tekshirdi

Kim Chen In Shimoliy Koreyaning harbiy-sanoat majmualarini tekshirdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat mudofaa sanoati ob’ektlarini tekshirish safarini olib bordi.

Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Kim Chen In 2026 yilning birinchi yarmi uchun mudofaa ishlab chiqarish rejalarining bajarilishini ko‘rib chiqdi. U mudofaa sanoati korxonalari xodimlarining mehnasevarligini yuqori baholadi, ular "turli xil o‘q-dorilar ishlab chiqarishni rekord darajada oshirishni ta’minlaydi va Koreya Xalq armiyasining jangovar salohiyatini mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi".

Bundan tashqari, Shimoliy Koreya yetakchisi mudofaa sanoatining tashkiliy tuzilmasidagi, ishlab chiqarish maydonlaridagi va infratuzilmani qo‘llab-quvvatlashdagi mavjud muammolarni hal qildi.

U ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilishni asosiy vazifa sifatida belgilab berdi, bu ishlab chiqarish tuzilmasini rasionalizasiya qilish va ishlab chiqarish liniyalarining joylashuvini optimallashtirishni o‘z ichiga oladi. Uning ko‘rsatmalariga muvofiq, boshqaruv jarayonlarining samaradorligini oshirishga, yuqori malakali mutaxassislar bilan ishlashga va ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini nazorat qilishning ilmiy asoslangan mezonlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratish kerak.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!