Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Kim Chen In Shimoliy Koreya yetakchiligiga qayta saylandi

Kim Chen In Shimoliy Koreya yetakchiligiga qayta saylandi

Kim Chen In Shimoliy Koreya yetakchiligiga qayta saylandi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyanda ochilgan 15-chaqiriq Oliy Xalq Assambleyasining birinchi sessiyasida KXDR Davlat ishlari bo‘yicha rais etib qayta saylandi. Bu haqda Ryonxap agentligi Shimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalariga asoslanib xabar berdi

"Kim Chen In 15-chaqiriq Oliy Xalq Assambleyasining birinchi sessiyasining birinchi kunida KXDR Davlat ishlari bo‘yicha rais etib qayta saylandi", deyiladi xabarda.

Ryonxap agentligining ta’kidlashicha, sessiya davomida Kim Chen Inning eng yaqin sheriklaridan biri sifatida tanilgan Cho Yong-von Choye Ryong-xe o‘rniga Oliy Xalq Assambleyasi Doimiy qo‘mitasi raisi etib saylangan.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In mamlakat rahbari lavozimiga 99,93 foiz ovozi bilan tasdiqlangan, saylovda ishtirok etish darajasi esa 99,99 foiz bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 16:25. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!