Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kim Chen In 3 hafta deganda yana "topildi"

Kim Chen In 3 hafta deganda yana "topildi"

Shimoliy Koreya yetakchisi 3 hafta ichida ilk bor ko‘rinish berdi. Kim Chen In Koreya mehnat partiyasi markaziy harbiy qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etgan. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar muhokama qilingan. Jumladan, mamlakat qurolli kuchlarini “yuqori turbulentlik sharoitida” mustahkamlash uchun yangi yo‘nalish taklif etilgan. 

Agentlik o‘z xabarini Kim Chen Inning mehnat partiyasi bayroqlari fonida o‘tirgani surati bilan taqdim qilgan. 

Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi yig‘ilishda harbiy qo‘mondonlik tizimini isloh qilish haqidagi farmonni imzolagan. Ko‘riladigan choralar mamlakat siyosiy barqarorligi va suverenitetini himoyalashda yordam berishi kerak. Kim Chen In milliy mudofaa kuchlarini mustahkamlash lozimligini ta’kidlab o‘tgan. Bundan tashqari, yangi bo‘linmalar tashkil etish imkoniyati muhokama qilingan.

Agentlikning ma’lum qilishicha, yig‘ilish davomida yadro urushiga yo‘l qo‘ymaslik strategiyasi ishlab chiqilgan. Unda strategik kuchlarni o‘ta zarur holatlardagina qo‘llash lozimligi belgilangan.

Shuningdek, yig‘ilishda Shimoliy Koreya armiyasi kamchiliklari va uni kuchaytirish variantlari muhokama qilingan.

Avvalroq Kim Chen In aprelda 20 kuncha ko‘rinmagandan keyin 1 may kuni o‘g‘itlar ishlab chiqariluvchi zavod ochilishida ishtirok etgani ma’lum qilingandi. Biroq u shundan keyin yana 3 hafta ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Janubiy Koreya va Yaponiya OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In zavod ochilishida ishtirok etgandan keyin poytaxt Pxenyanga qaytmay, sohilbo‘yidagi Vonsan kurort shahriga yo‘l olgan va o‘sha vaqtdan beri u yerda qolmoqda.

Kiritildi: 11:11 24.05.2020. O'qildi: 2461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!