Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Kilian Mbappe mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi

Kilian Mbappe mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2025/2026 yilgi mavsumning qolgan o‘yinlarini jarohat sabab o‘tkazib yuboradi. Bu haqda El Chiringuito TV ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasi orqali xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Mbappening jarohati dastlab o‘ylanganidan ko‘ra jiddiyroq chiqqan. Qayd etilishicha, klub fransuz futbolchisining holati bo‘yicha rasmiy bayonotni bugun, 27 aprel kuni e’lon qiladi.

Avvalroq Mbappeda chap oyoq orqa son mushagida ortiqcha zo‘riqish aniqlangani xabar qilingan edi. Fransuz futbolchisi Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan «Betis»ga qarshi bahsda (1:1) 81-daqiqada almashtirilgandi.

Joriy La Liga mavsumida Mbappe 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Shuningdek, u fevral—mart oylarida tizza bilan bog‘liq muammolar sabab «qaymoqranglilar»ning bir nechta o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan edi. O‘sha davrda 27 yoshli hujumchi 5 ta uchrashuvda ishtirok etmagan edi.

Kiritildi: Bugun 10:18. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!