"Real" Kilian Mbappe Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.
Hujumchi jamoaning bugungi "Santyago Bernabeu"dagi o‘yini qaydnomasiga kiritilmadi.
Kecha Mbappe dekabr oyi oxirida olgan jarohati tufayli tizzasidagi noqulaylik tufayli mashg‘ulotlarni muddatidan oldin yakunladi. Xabar qilinishicha, fransuz kamida uchta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.