Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Kiyevdagi ikkita kasalxona Belarus KGB rahbarining tahdididan keyin evakuasiya qilindi

 Kiyevdagi ikkita kasalxona Belarus KGB rahbarining tahdididan keyin evakuasiya qilindi

Avvalroq Belarus KGB(xavfsizlik xizmati) raisi Ivan Tertel Minskda so‘zlagan nutqida "terrorchilar Kiyevdagi kasalxonalarini o‘z boshpanalari sifatida tanlaganlar" deya ta’kidlagan edi.

"Belarus xavfsizlik kuchlari urush qonunlariga muvofiq, qat’iy va ikkilanmasdan harakat qiladi va kerak bo‘lsa zarba berishi mumkin", — deya tahdid qilgan Tertel.

Kiyev rasmiylari Belarus KGB rahbarining so‘zlarini "mutlaqo yolg‘on va provokasiya" deb atadi.

"Kasal bolalar, ularning ota-onalari va tibbiyot xodimlarini himoya qilish maqsadida poytaxt hukumati hozirda bemorlar va shifokorlarni poytaxtdagi boshqa tibbiyot muassasalariga ko‘chirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda", — deyiladi Kiyev shahar ma’muriyati bayonotida.

Kiritildi: 22:47 26.04.2024. O'qildi: 924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!