Kiyevda bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi . Bu haqda Ukrainaning «Strana.ua» nashri Telegram’da xabar berdi .
Birinchi portlash haqidagi ma’lumotlar Moskva vaqti bilan 23:00 da paydo bo‘ldi. Oradan yetti daqiqa o‘tib, nashr Ukraina poytaxtida yana bir portlash sodir bo‘lganini xabar qildi.
Mamlakat Raqamli transformasiya vazirligining onlayn xaritasiga ko‘ra , hozirda Kiyev viloyatida havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Bundan tashqari, Sumi, Chernigov, Dnepropetrovsk, Poltava, Xarkov, Cherkassy, Vinnitsa, Jitomir va Kirovograd viloyatlarida ham signal eshitiladi.