Bu haqda DW xabar bberdi.
Xabarlarga ko‘ra, Kiyev markazida mudofaa vaziri Mixail Fyodorovning iste’fosiga qarshi yana ommaviy namoyish bo‘lib o‘tdi.
"Interfaks-Ukraina" ma’lumotlariga ko‘ra, Kreshatik yonidagi Ivan Franko maydonida 10 mingga yaqin odam to‘plangan.
Avvalroq raqamli transformasiya idorasini boshqargan 35 yoshli vazir Ukrainada katta mashhurlikka ega. Uning nomi urushning yangicha qiyofasi, dronlardan keng foydalanish hamda noqonuniy Starlink terminallarini o‘chirish orqali Rossiya qo‘shinlarini "ko‘r qilish"dagi muvaffaqiyatlar bilan bog‘liq.
Zelenskiy Fyodorov va Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf eta olmaganini tan oldi. Prezident hali yangi mudofaa vazirini tayinlagani yo‘q, uning vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib, avvalroq Xavfsizlik xizmatini boshqargan Yevgeniya Xmarani taklif qildi.
Namoyishga chiqqanlarning ko‘pchiligi Sirskiyni iste’foga chiqarish va Fyodorovni avvalgi lavozimiga qaytarish talabi yozilgan shiorlarni ko‘tarib olishgan, deyiladi xabarda.