Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Kiyevda elektr energiyasini favqulodda o‘chirish boshlandi

Kiyevda elektr energiyasini favqulodda o‘chirish boshlandi

Chorshanba kuni Kiyev shahri va Kiyev viloyatida elektr energiyasini favqulodda o‘chirish boshlandi. Bu haqda Ukrainaning DTEK energetika xoldingi ma’lum qildi.

Kompaniya xabar berishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlar «Ukrenergo»ning topshirig‘i asosida amalga oshirilgan.

«Kiyev va Kiyev viloyati. “Ukrenergo”ning topshirig‘iga ko‘ra, favqulodda o‘chirishlar qo‘llanildi», — deyiladi DTEKning Telegram-kanalidagi xabarda.

Elektr energiyasi uzilishiga sabab bo‘lgan holat hozircha ochiqlanmagan.

Avvalroq Kiyev meri Vitaliy Klichko poytaxtning ayrim hududlari elektr energiyasi va suv ta’minotisiz qolganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, elektr ta’minotidagi muammo tufayli shahardagi ayrim suv nasos stansiyalari ishlamay qolgan, xususan, Kiyevning o‘ng sohilida suv ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.

Ukrainaning «Telegraf» nashri esa o‘z Telegram-kanalida Kiyevda elektr va suv ta’minotidagi uzilishlar portlashdan keyin yuzaga kelganini xabar qildi.

Kiritildi: 23:25 07.10.2026. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!