Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kiyevda 1 milliondan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qoldi

Kiyevda 1 milliondan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qoldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina poytaxtida 4 mingdan ortiq ko‘p qavatli uyda isitish tizimi ishlamayapti. Rossiya hujumining oqibatlarini bartaraf etish kamida bir necha kun vaqt oladi. Qayta tiklash ishlariga mahalliy hokimiyat vakillari va davlat idoralari xodimlari to‘liq jalb etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya yana bir bor Ukrainadagi energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarba bergan. Kiyev rasmiylari shaharda 5635 ta ko‘p qavatli uy isitish tizimidan uzilganini, bu poytaxtdagi bunday turdagi uylarning yarmidan ko‘pini tashkil etishini bildirgan.

Shuningdek, Ukraina Oliy Radasi binosida ham issiqlik, elektr energiyasi va suv ta’minoti vaqtincha uzilgan.

Rossiya armiyasi 20 yanvar kechasi Ukrainaga raketa va dronlardan zarbalar bergan. Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, bu paytda 342 ta nishon urib tushirilgan yoki bostirilgan: 315 ta dron, 13 ta X-101 qanotli raketasi va 14 ta “Iskander” ballistik raketasi. Hujumning asosiy yo‘nalishi Kiyev shahri va viloyati bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!