Nashr bu haqda Ukrainaning NATOdagi missiyasi rahbari Natalya Galibarenkoga tayanib yozmoqda.
"Biz NATOga a’zo davlatlar Ukrainaning alyansga qo‘shilish sari muqarrar yo‘lini mustahkamlashini istardik", - deya Galibarenkoning so‘zlarini keltiradi nashr.
Politico ma’lumotlariga ko‘ra, Galibarenko, shuningdek, Kiyev NATOga a’zo bo‘lish arafasida ittifoqchi mamlakatlardan qurol-yarog‘ bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘proq choralar ko‘rilishiga erishmoqchi ekanligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Galibarenko Ukraina 2023 yil yozida Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida e’lon qilinganidan ko‘ra jiddiyroq va’dalar olmoqchi ekanligini bildirgan.